5-B TTJDA “RAHBAR VA YOŞLAR” UÇRAŞUVI: HAYOTIY TAJRIBA, SAMIMIY MULOQOT VA YUKSAK MAQSADLAR SARI MUHIM QADAM

Toşkent davlat tibbiyot universitetining Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyicha birinçi prorektori, professor Turdikul Akromoviç Bobomuratov iştirokida 5-talabalar turar joyida “Rahbar va yoşlar” mavzusida mazmunli, oçiq va samimiy uçraşuv taşkil etildi.

Mazkur uçraşuv yoşlarning fikr va qaraşlarini tinglaş, ularning orzu-intilişlari, hayotiy maqsadlari hamda kelajak rejalari bilan yaqindan tanişiş, şuningdek, talaba-yoşlarni yangi marralar sari ruhlantirişga qaratildi. Muloqot davomida yoş avlodning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, bilim olişga bo‘lgan qiziqişini oşiriş, taşabbuskorligini qöllab-quvvatlaş va jamiyat hayotida faol iştirok etişining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Uçraşuv davomida professor Turdikul Akromoviç Bobomuratov talabalarning fikr-mulohazalari va takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga hayotiy tajribasi, kuzatuvlari va mulohazalari asosida javob berdi. Samimiy ruhda keçgan suhbat yoşlar uçun nafaqat savollarga javob topiş, balki hayotga teranroq nazar taşlaş, öz imkoniyatlarini baholaş va kelajak maqsadlarini aniq belgilab oliş imkoniyatiga aylandi.
Ayniqsa, talabalar tomonidan örtaga taşlangan quyidagi mazmunli savollar uçraşuvga özgacha ruh bag‘işladi:
“Agar yana yoşlikka qaytiş imkoniyati bölsa, hayotingizda nimalarni boşqaça qilgan bölardingiz?”“Agar sizga çeksiz moliyaviy imkoniyat berilsa, uşbu imkoniyatlarni qaysi ezgu maqsadlar yölida yönaltirgan bölardingiz?”“Sizdek muvaffaqiyatli inson böliş uçun yoşlikdan nimalarga e’tibor qaratiş, qanday fazilatlarni şakllantiriş va qanday odatlarni rivojlantiriş kerak?”
Talabalarga har qanday yuksak marraga erişiş, eng avvalo, mustahkam bilim, tinimsiz mehnat, qat’iyat, sabr-toqat va öz oldiga aniq maqsad qöya bilişdan boşlanişi haqidagi hayotiy xulosalar yetkazildi. Şuningdek, yoşlik davrida vaqtni mazmunli ötkaziş, mutolaa qiliş, xorijiy tillarni örganiş, kasbiy mahoratni oşiriş, yangi ğoyalar ustida işlaş hamda öz ustida muntazam işlaş kelajakdagi muvaffaqiyat uçun mustahkam poydevor yaratişi ta’kidlandi.
Uçraşuvning eng muhim jihati — yoşlarning erkin fikr bildirişi, özlarini qiziqtirgan masalalarni oçiq muhokama qilişi va rahbar bilan bevosita muloqotda bo‘liş imkoniyatiga ega bo‘lganidir.
Şu bilan birga, talabalik yillari inson hayotidagi eng muhim va imkoniyatlarga boy davrlardan biri ekani, bu davrni faqat ta’lim oliş bilangina çeklab qolmasdan, ma’naviy kamolot, kasbiy rivojlaniş, ijtimoiy faollik va şaxsiy ösiş uçun ham samarali yönaltiriş zarurligi qayd etildi.
Tibbiyot sohasini tanlagan yoşlar uçun çuqur bilim va kasbiy mahorat bilan bir qatorda, insonparvarlik, mehr-oqibat, halollik, fidoyilik va yuksak mas’uliyat kabi fazilatlar ham muhim ahamiyatga ega. Zero, kelajak şifokorining haqiqiy salohiyati nafaqat uning bilimi, balki inson hayoti va salomatligiga bo‘lgan munosabati bilan ham namoyon bo‘ladi.
Uçraşuv yakunida Universitetida Xotin-qizlar taşabbusi bilan talaba-qizlar uçun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, “Mohir qöllar” tögaragi faoliyati bilan yaqindan tanişildi.
Taşrif davomida tögarakda yölga qöyilgan töquvçilik, tikuvçilik va turli buyumlarni bezatish jarayonlarini namoyiş etişdi. Talaba-yoşlar özlari uçun muhim hayotiy saboqlar, foydali tavsiyalar va yangi ruhiy rag‘batga ega böldilar. Samimiy muloqot ularda oldiga aniq maqsadlar qöyiş, bilim olişga yanada mas’uliyat bilan yondaşiş, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalaniş hamda kelajakda yetuk mutaxassis va jamiyatga naf keltiradigan inson bölib kamol top işga bölgan intilişni kuçaytirdi.
Bunday oçiq muloqotlar rahbar va yoşlar örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaş, talabalarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning muammolari va takliflarini örganiş hamda yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşirişda muhim örin tutadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment