ONA TILIM — MILLATIMNING BUYUK BOYLIGI!

Til — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarix va ma’naviyatni avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho merosdir. Ona tili orqali biz o‘zligimizni anglaymiz, qadriyatlarimizni asraymiz va qalbimizdagi eng samimiy tuyg‘ularni ifoda etamiz. Zero, ona tiliga bo‘lgan muhabbat — Vatanga bo‘lgan muhabbatning ajralmas qismidir.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-bosqich talabalari, «Besh tashabbus» loyihalari koordinatori Abdiqodirov Javohir va 303-DI guruh talabasi Xayrullayeva Aziza tomonidan tayyorlangan ushbu videoda ona tilimizning qadri, milliy o‘zligimizdagi o‘rni hamda turli tillarning ilm-fan va hayotdagi ahamiyati yoritildi.

Video davomida ustozlarimiz Kavsar Turdiyeva, Mahkamov Mirkomil hamda Po‘latova Muhabbat ona tilimizning qadri, uning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimiz haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Unutmaylik, til — shunchaki so‘zlar jamlanmasi emas. U — millatning xotirasi, qalbi va tirikligidir.
Ona tili yashasa — millat yashaydi, millat yashasa — Vatan mangu yashaydi!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment