Toşkent davlat tibbiyot universiteti pediatriya fakulteti talabalari G’alaba bog’i va «Shon-sharaf» muzeyiga tashrif buyurdi.

​​Taşrifning asosiy maqsadi — yoşlarni vatanparvarlik, boy tariximizga hurmat hamda ajdodlarimizning jasorati va matonatiga ehtirom ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

​Talaba-bo‘lajak şifokorlar uchun ushbu maskan nafaqat harbiy tarixni, balki Ikkinchi jahon urushi yillarida tibbiyot xodimlarining insoniyatni saqlab qolish yo‘lidagi qahramonliklarini ham yaqindan his etish imkonini berdi.
​Tarixiy eksponatlar va arxiv hujjatlari: Muzeydagi noyob fotosuratlar, davr kiyimlari, tibbiy asbob-uskunalar hamda nodir arxiv materiallari talabalarda katta ta’surot qoldirdi.
​Interaktiv va zamonaviy displeylar: Talabalar zamonaviy texnologiyalar yordamida urush davri muhiti va uning maşaqqatli kunlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarni tomoşa qildilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment