TIL BOR EKAN, MILLAT BARHAYÖT

Öna tili — millatning qalbi, ma’naviyati va tarixiy xotirasidir. Inson özligini, dunyoqarashini va Vatanga bölgan mehrini, avvalo, öna tili orqali namoyon etadi. Tilni asrab-avaylaş, uning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas bürçimizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, özbek tili xalqimiz uçun milliy özligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik va buyuk qadriyatdir. Öna tilimizga hurmat — milliy qadriyatlarimizga, tariximizga va Vatanimizga bölgan hurmatning yorqin ifodasidir.

2026-yil 21-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultet ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça dekan örinbosari K.D. Alimova oçib berib, öna tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi örni, uning nufuzini yuksaltirish, yoş avlod qalbida milliy g‘urur va tilga ehtirom tuyg‘ularini ş akllantirish muhimligini ta’kidladi.
Tadbirda Toshkent amaliy fanlar universiteti tadqiqotçi-professori, pedagogika fanlari doktori Ğofir Hasanoviç Hamroyev iştirok etdi. U öz ma’ruzasida özbek tilining tarixiy taraqqiyoti, uning boyligi va betakror imkoniyatlari, buyuk ajdodlarimizning tilimiz ravnaqiga qo‘şgan hissasi haqida söz yuritdi. Şuningdek, öna tilini puxta biliş, adabiy til me’yorlariga rioya qilish, nutq madaniyatini yuksaltirish hamda özbek tilining ilm-fan va ta’lim sohalaridagi nufuzini oşirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uçraşuv davomida talaba-yoşlar öna tilimizning milliy özligimizni anglaşdagi ahamiyati, uni asrab-avaylaş va rivojlantirish borasidagi mas’uliyat haqida fikr almashdilar. Tadbir talabalarda öna tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va özbek tilida ravon, mazmunli hamda savodli fikr bildirişga intilish tuyg‘ularini
mustahkamlashga xizmat qildi.
Tilimizni asraylik, qadrlaylik va ravnaqiga hissa qo‘şaylik — til bor ekan, millat barhayot!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment