
Prezidentimiz kelasi yil har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qilish vazifasini qo‘ydi. Bu borada hududlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Dunyo tibbiyotida genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolash imkonsiz bo‘lgan ko‘plab kasalliklarga yechim topilayotganini qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi mas’uliyatni ham oshiradi.
– Inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinchi o‘rinda turishi shart,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, bioetika va biotexnologiya sohalari uchun mustahkam huquqiy asos yaratiladi.
Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.Facebook|Instagram|X