BUGUN ILK KITOB, ERTAGA — KATTA ILMIY KAŞFIYOTLAR!

BUGUN ILK KITOB, ERTAGA — KATTA ILMIY KAŞFIYOTLAR!
«DOKTOR REPORTER» SAFIDA YANA BIR QUVONÇLI YUTUQ!
Ba’zan katta orzular birgina satrdan boşlanadi. Qalbda tuğilgan tuygʻular şe’rga, şe’rlar esa kun kelib kitobga aylanadi. Eng muhimi, oşa kitob ortida yoş insonning izlanışı, intilişi, öziga bölgan işonçi va tinimsiz mehnati turadi.
Bugun «Doktor Reporter» yoşlar media klubimizda ana şunday quvonçli voqea!
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetining 2-bosqiç talabasi, klubimizning faol a’zosi Buvanazarova Durdona Uluğbekovnaning «Köngil yollari» nomli ilk şe’riy töplami naşrdan çiqdi!
Bu — yoş ijodkorning ilk adabiy yutuği, orzulari sari qöygan dadil qadami.
Durdona kelajakda şifokor bölişni maqsad qilgan. Ammo u özini faqat tibbiyot bilan çeklamaydi. Ilm örganiş bilan birga badiiy ijodga vaqt topadi, mutolaa qiladi, izlanadi, öz iste’dodini rivojlantirişga intiladi.
Biz aynan şunday yoşlarni körishni istaymiz!
Darsda bilimli, jamoat işlarida faol, ijodda izlanuvçan, maqsad sari intilişda qat’iyatli yoşlarni!
«Doktor Reporter»ning asosiy maqsadlaridan biri ham talabalarning içki imkoniyatlarini röyobga çiqariş, ularni mustaqil fikrlaşga, ijod qilişga, öz sözi va jamiyatda öz örniga ega bölişga undaşdir.
Aziz yoşlar!
Imkoniyatni kutib ötirmang — uni yarating! Universitet hayotida faol böling. Ilmiy tögaraklarga qatnaşing, ustozlardan saboq oling, maqolalar yozing, kitob öqing, öz qobiliyatingizni sinab köring.
Bugun yozilgan birinçi maqola ertangi katta tadqiqotning deboçasi bölişi mumkin. Bugun çop etilgan ilk kitob esa kelajakdagi yirik ilmiy asarlarga ilhom bağişlaşi mumkin.
Biz Durdonaning bugungi adabiy yutuği kelgusida ilmiy izlanışlar bilan davom etişiga, uning qalamidan nafaqat yangi badiiy asarlar, balki ilmiy maqolalar, monografiyalar va tibbiyot rivojiga xizmat qiladigan ilmiy naşrlar ham dunyoga kelişiga umid qilamiz.
Aziz Durdona! Ilk kitobingiz muborak bölsin!
Qalamingizdan mehr, tafakkuringizdan ilm, qalbingizdan ezgu orzular arimasin!
Bu yutuq klubimizdagi boşqa yoşlarga ham ilhom bersin. Çunki har biringizning qalbingizda hali kaşf etilmagan iste’dod, amalga oşirilmagan orzu va yozilmagan bir kitob bor.
Intiling, izlaning, yarating! Sizning yutuğingiz — bizning faxrimiz!
Gulçehra Mirzayeva
«Doktor Reporter» yoşlar media klubi rahbari
#DoktorReporter #

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment