TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI STOMATOLOGIYA KAMPUSIDA XIRURGIYA KLUBI OCHILADI!

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Oilaviy Tibbiyotda Xirurgik Kasalliklar kafedrasining HUMO Talabalar Jarrohlik Klubi boshchiligida universitetimizning Stomatologiya kampusi da yangi Xirurgiya klubi ochilishini e’lon qilamiz!

Klub faoliyati davomida talabalar xirurgiya bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va jarrohlik mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Stomatologiya fakulteti talabalari ham klubga a’zo bo‘lish uchun taklif etiladi!

Sana: 29-oktyabr, payshanba
Vaqt: 14:00
Manzil: Rektorat binosi, 1-majlislar zali

Kimlar uchun?
Tibbiyot fakultetlarida tahsil olayotgan, xirurgiya sohasiga qiziquvchi va o‘z amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishni istagan barcha talabalar uchun!
Bizga qo‘shiling:
https://t.me/Surgery_CIub

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment