
Uçraşuvda Herbalife kompaniyasi tomonidan MDH mamlakatlari böyiça katta direktor Olga Solntseva, davlat organlari bilan aloqalar böyiça katta menejer Dmitriy Miklin, MDH mamlakatlarida professional marketing böyiça ekspert-menejer Nadira Tairjan, universitet tomonidan öquv işlari böyiça prorektor Qaxramon Xaitov, ilmiy işlar va innovasiyalar böyiça prorektor, jamoat soğliğini saqlaş maktabi direktori Feruza Azizova, Farmasiya, menejment, fundamental tibbiyot, biotibbiyot muxandisligi va oliy ma’lumotli xamşira fakulteti dekani Ilhom Otajonov iştirok etdi.
Soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholining soğlom ovqatlaniş böyiça bilimlarini oşiriş hamda ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida universitet
hamda “Gerbalayf Interneşnl RS”
mas’uliyati çeklangan jamiyati örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş sohasidagi hamkorlik rejasi muhokama qilindi va anglaşuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumda uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş, kasbiy tajriba almaşiş va qöşma ma’rifiy taşabbuslarni amalga oşiriş nazarda tutilgan. Ilmiy hamkorlik doirasida talabalar va yoşlarning ovqatlaniş holati, jismoniy faolligi hamda yuqumli bölmagan kasalliklar xavf omillarini örganiş masalalariga e’tibor qaratildi. Ta’lim yönalişida soğlom ovqatlaniş va nutrisiologiya böyiça öquv adabiyotlari, uslubiy qöllanmalar
hamda raqamli ta’lim materiallarini hamkorlikda işlab çiqiş közda tutilmoqda.
Professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar va talabalar iştirokida ilmiy-amaliy
konferentsiyalar, seminarlar, mahorat darslari va taklif etilgan mutaxassislar ma’ruzalarini taşkil etiş ham hamkorlik rejasida örin olgan. Aholi örtasida soğlom ovqatlaniş madaniyati va jismoniy faollikni tarğib qiliş alohida yönaliş
sifatida körib çiqildi. Bu borada ilmiy dalillarga asoslangan axborot materiallari, qisqa videoroliklar va infografikalar tayyorlaş, mutaxassislar iştirokida oçiq muloqotlar hamda ma’rifiy tadbirlar ötkaziş nazarda tutilgan.
Muhokama qilingan taşabbuslar
universitetning ilmiy-ta’limiy salohiyati va kompaniya mutaxassislarining kasbiy tajribasini birlaştiriş orqali soğlom ovqatlaniş böyiça bilimlarni kengaytiriş, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan.
Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin