«MEN ÖŞAMAN» — YOŞ IJODKORNING ILK KITOBI NAŞRDAN ÇIQDI!

«MEN ÖŞAMAN» — YOŞ IJODKORNING ILK KITOBI NAŞRDAN ÇIQDI!
«DOKTOR REPORTER» SAFIDA YANA BIR QUVONÇLI YANGILIK!
«Men Öşaman» nomli ilk şe’riy töplamim naşrdan çiqdi. Şu xursandçiligimni siz bilan bölişgim keldi…
Bu samimiy xabarni bizga Toşkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqiç talabasi, iste’dodli yoş ijodkor Yasmina Umarova yubordi.
Birgina jumlada qança quvonç, qança hayajon va orzular sari intiliş mujassam!
Yasminaning «Men öşaman» nomli ilk şe’riy töplami 2026-yilda Buxorodagi «Durdona» naşriyotida çop etildi.
Yasmina — tibbiyot ilmini tanlagan, maktab davridayoq fan olimpiadalari va bilim belläşuvlarida faol qatnaşgan, öz ustida muntazam işlaşni hayotiy maqsadiga aylantirgan yoşlarimizdan biri.
Bugun uning intilişlari yana bir yö­nalişda öz samarasini berdi: ilk şe’riy kitobi dunyo yuzini kördi.
Bizni ayniqsa quvontiradigan jihat — kelajak şifokorining qalbida ilm bilan birga adabiyotga muhabbat ham yuksalib borayotganidir.
Şifokorlik inson dardiga şifo izlaşni talab etsa, şe’riyat inson qalbini anglaşga örgатadi. Bu ikki olamning bir yoş qalbda uyğunlaşuvi uning ma’naviy kamoloti uçun katta imkoniyatdir.
Aziz talabalar!
Bugun Yasminaning ilk kitobini qutlayapmiz. Ertaga sizlarning ilmiy maqolalaringiz, ixtirolaringiz, badiiy asarlaringiz va monografiyalaringiz haqida ham faxr bilan yozishni istaymiz.
Universitet hayotida faol böling, ustozlaringizdan örganing, ilmiy va ijodiy izlanışlardan çarçamаng. Özingizdagi iste’dodni namoyon etişdan çöçimang!
Aziz Yasmina! Ilk kitobingiz muborak bölsin!
«Men öşaman» — ijodiy yölingizning goʻzal deboçasi bölsin. Kelgusida nafaqat şe’riy töplamlaringiz, balki tibbiyot ilmiga hissa qöşadigan tadqiqotlaringiz va ilmiy asarlaringiz ham naşr etilişini tilaymiz.
Bugun öz orzusiga işongan talaba — ertaga ilm va jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşadigan yetuk mutaxassis!
#DoktorReporter
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment