





Toşkent davlat tibbiyot universiteti Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamşiralik işi fakulteti dekani Ilhom Otaboyeviç Otajonov 7-Talabar turar joyiga taşrif buyurdi.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad talabalar uçun yaratilgan yaşaş şaroitlarini örganiş, ularning kundalik hayoti bilan yaqindan tanişiş, mavjud muammo va takliflarini tinglaşdan iborat böldi.
Taşrif davomida talabalarning yaşaş xonalari, umumiy foydalaniş joylari, sanitariya-gigiyena holati hamda talabalarning mazmunli dam olişi va mustaqil ta’lim olişi uçun yaratilgan imkoniyatlar közdan keçirildi.
Şuningdek, talabalar bilan oçiq va samimiy muloqot ötkazilib, ularning ta’lim oliş jarayoni, ijtimoiy-maişiy şaroitlari, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş va yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Fakultet dekani tomonidan talabalarning murojaat va takliflariga alohida e’tibor qaratilib, ularning sifatli ta’lim olişi, soğlom va xavfsiz muhitda yaşaşi hamda har tomonlama kamol topişi uçun zarur şart-şaroitlarni ta’minlaş muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Bunday uçraşuv va taşriflar talabalar bilan samarali muloqotni yölga qöyiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda universitetda soğlom ma’naviy muhitni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!