



Xusnoraxon Qudratullayeva — xalqaro sport maydonida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilardan biri. 2026-yilda Yaponiyada o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida nayza uloqtirish bahslarida 41,91 metr natija qayd etib, faxrli 2-o‘rin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xusnoraxon Qudratullayeva bilan uchrashuv men uchun unutilmas taassurot qoldirdi. Uning yutug‘i qat’iyat, mehnatsevarlik va matonatning yorqin namunasidir. Bunday sportchilar yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lib, ularda milliy g‘urur va yuksak maqsadlarga intilish tuyg‘ularini kuchaytiradi.
Xusnoraxon Qudratullayevaga kelgusi faoliyatida yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
1-ped 103-B guruh talabasi:
Qudratullayeva Zarnigor
Rasmiy sahifalarimiz!