




Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani F.I.Salomova dekan örinbosari G.F.Şerqöziyeva, Ş.M.Haydarov, fakultet Yoshlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari B.I.Isabekov tomonidan 8-talabalar turar joyida talabalar yaşaş hayoti, yaşaş muhiti va kundalik faoliyati bilan yaqindan tanişişga qaratilgan uçraşuv tashkil etildi.
Uçraşuv davomida talabalar turar joyidagi mavjud şaroitlar, xonalarning ozodaligi, umumiy foydalaniş hududlarining holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanişildi. Talabalarning qulay va tartibli muhitda yaşaşi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, talabalar bilan suhbat davomida ularning öqiş jarayoni, turar joydagi kundalik hayoti, böş vaqtlarini samarali taşkil etiş va öz taşabbuslarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Yoşlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Talabalar turar joyida nafaqat yaşaş, balki, bilim oliş, öz ustida işlaş va ijtimoiy faollikni rivojlantiriş uchun ham munosib muhit yaratiş muhimligi qayd etildi. Şu bilan birga tozalikni saqlaş,içki tartib-qoidalarga amal qilish va umumiy yaşaş madaniyatini yuksaltiriş har bir talabaning mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi.
Bunday uçraşuvlar talabalar bilan özaro hamkorlikni mustahkamlaş, ularning ehtiyojlarini örganish va turar joydagi şaroitlarni yanada yaxşilaşga xizmat qiladi. Zero, talabalarning osoyişta hayoti, sifatli ta’lim olişi va barkamol şahş sifatida şakllanishi universitet faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.