3-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA «QOVOQ SAYLI» BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 3-sonli talabalar turar joyida «Qovoq sayli — kuz ne’mati, mehr va baraka» nomli bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori Sh. Boymurodov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T. Bobomurotov, talabalar turar joylari direksiyasi direktori S. Ro‘zimetov, ma’naviyat xodimlari, tarbiyachi pedagoglar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Bayram doirasida qavatlar o‘rtasida qizg‘in va do‘stona bellashuvlar tashkil etildi. Talabalar qovoqdan tayyorlangan turli milliy va zamonaviy taomlar, shirinliklar, bezatilgan dasturxonlar hamda ijodiy kompozitsiyalarni namoyish etdilar. Shuningdek, milliy kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Hakamlar hay’ati tomonidan qavatlarning chiqishlari baholanib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment