XIVA SAYOHATI — UNUTILMAS TAASSUROTLAR VA SAMIMIY MINNATDORCHILIK

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tashabbusi bilan universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun Xiva shahriga mazmunli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Xivaning boy tarixi, qadimiy obidalari va milliy madaniyati bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar. Sayohat ishtirokchilari yaratilgan imkoniyatlar, ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun rektorga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar. Ular bunday tashabbuslar jamoa ahilligini mustahkamlash, tarixiy merosga hurmatni oshirish va yangi taassurotlar orttirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment