Lab va tanglay yoriqlari — yuz-jağ sohasining tuğma rivojlaniş nuqsonlari bölib, ular bolaning oziqlanişi, nutqi, eşitişi, tiş-jağ tizimining şakllanişi va ijtimoiy moslaşuviga ta’sir körsatişi

#hamkorlik
Lab va tanglay yoriqlari — yuz-jağ sohasining tuğma rivojlaniş nuqsonlari bölib, ular bolaning oziqlanişi, nutqi, eşitişi, tiş-jağ tizimining şakllanişi va ijtimoiy moslaşuviga ta’sir körsatişi mumkin. Bunday holatlarda tibbiy yordam birgina jarrohlik amaliyoti bilan çeklanmaydi. Davolaş jarayonida jağ-yuz jarrohlari, stomatologlar, ortodontlar, logopedlar va başqa mutaxassislarning uyğunlaşgan faoliyati muhimdir.
Memorandumning istiqboli ham aynan şu jihatlarda namoyon böladi. Bir tomondan, ixtisoslaştirilgan jarrohlik yordamiga ehtiyoji bölgan bemorlar uçun qoşimça imkoniyatlar yaratilişi közda tutilmoqda. Ikkinçi tomondan, mahalliy mutaxassislarning bilim va könikmalarini rivojlantiriş orqali kelgusida bunday tibbiy xizmatlarning barqarorligini mustahkamlaşga zamin yaratilmoqda.
https://telegra.ph/ILM-%C3%87EGARA-BILMAYDI-11-02

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment