


Bugun Tibbiy-pedagogika va davolaş fakultetining talabalari iştirokida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş masalalariga bağişhlangan profilaktik suhbat ötkazildi.
Tadbirda fakultet Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari, dotsent A.Xudayberdiyev, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va “Komplayens nazorat” bölimi mutaxassisi Z.Rahimberdiyeva, Xotin-qizlar böyiça dekan maslahatçisi F.Şamudinova va mas’ul tyutor G.Mirbabayevalar iştirok etdilar.
A.Xudayberdiyev va Z.Rahimberdiyeva korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimi rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini oliş, universitetda halollik, adolat va şaffoflik tamoyillariga rioya etiş masalalariga alohida töxtaldi.
Şuningdek, har bir talabada korrupsiyaning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, akademik halollik tamoyillariga amal qiliş hamda öz huquq va majburiyatlarini çuqur anglaş muhimligi ta’kidlandi.
Alohida ta’kidlanganidek, universitetda amalga oşirilayotgan “Korrupsiyadan holi universitet” loyihasida professor-öqituvçilar, xodimlar va talabalar birdek faol iştirok etişi, mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlaşi hamda korrupsiyadan holi ta’lim muhitini şakllantirişga öz hissasini qöşişi lozim.
Zero, halollik va adolatga asoslangan ta’lim muhiti – sifatli ta’lim, soğlom raqobat va ishonçli kelajak garovidir!
Rasmiy sahifalarimiz!