ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIGA MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya fakulteti 205 A guruh talabalari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar Islom sivilizatsiyasi markazining boy tarixiy merosi, noyob qo‘lyozmalari, qadimiy kitoblar hamda islom ilm-fani va madaniyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, buyuk allomalarimizning ilmiy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar talabalarning tarixiy va diniy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqurroq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#1PediatriyaFakulteti#IslomSivilizatsiyasiMarkazi#ManaviyMarifiyTashrif

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment