Toşkent davlat tibbiyot universitetining 11-sonli talabalar turar joyida Universitetning 3-sonli ilmiy kengaş yiğilişida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Allergologiya, klinik

immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan talabalar iştirokida “Abu Ali ibn Sino merosi va zamonaviy tibbiyot” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Davra suhbatini kafedra vakillari kiriş sözi bilan oçib, buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning jahon tibbiyoti rivojiga qöşgan ulkan hissasi, uning ilmiy merosi va asarlarining bugungi kundagi ahamiyati haqida talabalarga ma’lumot berdilar.

Suhbat davomida Ibn Sinoning tibbiyotga oid qaraşlari, xususan, kasalliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, töğri ovqatlaniş, gigiyena qoidalari hamda inson salomatligini asraş borasidagi ilmiy yondaşuvlari zamonaviy tibbiyot tamoyillari bilan boğliq holda muhokama qilindi.

Şuningdek, buyuk allomaning boy ilmiy merosini çuqur örganiş, yoş avlodda milliy qadriyatlarga hurmat, ilm-fanga qiziqiş va tibbiyot sohasiga mas’uliyat bilan yondaşiş tuyğularini şakllantiriş muhimligi ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida talabalar bilan muloqot ötkazilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi. Şundan söng talabalar yaşaş şaroitlarini örganiş maqsadida turar joy xonalari, dars tayyorlaş xonalari hamda umumiy foydalaniş joylari közdan keçirilib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş va yaşaş şaroitlarini yanada yaxşilaş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment