Hurmatli rahbar xodim, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar va talabgorlar!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-sonli qaroriga muvofiq, tasdiqlangan qabul kvotalari asosida imtihonni reja-jadval va tasdiqlangan buyruq asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlar offlayn formatida (imtihon - mutaxassislik fanlaridan) o‘tkazilishi va imtihon jarayoni to‘liq  videokuzatuv asosida, reja-jadval bo‘yicha TDTU Bosh o‘quv binosida 7-qavati, 746-xonada (ma’ruza zali) bo‘lib o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Qo‘shimcha savollar uchun Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Diqqat!
Imtihon topshiruvchi talabgorlar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni asos qilgan holda kiritiladi.

Hurmat bilan,
Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, Z.A.Muminova

Leave a comment