Hurmatli tibbiyot xodimlari! Qadrli hamkasblar!

Sizlarni noyabr oyining ikkinçi yakşanbasida keng nişonlanadigan TIBBIYOT XODIMLARI KUNI bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Inson salomatligini asraş, hayotini saqlab qoliş, dardiga malham bölişdek şarafli va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan tibbiyot xodimlarining mehnati har qança e’tirof va ehtiromga munosibdir. Zero, şifokorlik nafaqat kasb, balki yuksak fidoyilik, bilim, sabr-toqat va insonparvarlikni talab etadigan olijanob faoliyatdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş, zamonaviy diagnostika va davolaş usullarini keng joriy etiş malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonlarda öz bilim va tajribasi, kasbiy mahorati hamda fidokorona mehnati bilan munosib hissa qöşayotgan barça tibbiyot xodimlarining xizmatlari beqiyosdir.
Ayniqsa, Toşkent davlat tibbiyot universiteti professor-öqituvçilari, ilmiy izlanuvçilari, amaliyotçi şifokorlari, tibbiyot xodimlari hamda universitet klinikalarida faoliyat olib borayotgan barça fidoyi mutaxassislarning mehnatini alohida e’tirof etaman. Sizlarning ta’lim, ilm-fan va klinik amaliyotni uyg‘unlaştiriş yölidagi sa’y-harakatlaringiz, yoş avlodga berayotgan bilim va tajribangiz, bemorlar salomatligi yölidа körsatayotgan fidoyiligingiz universitetimizning yuksak nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, butun Özbekiston tibbiyot sohasi vakillariga, barça şifokorlar, hamşiralar, professor-öqituvchilar, ilmiy xodimlar va tibbiyot tizimining boşqa barça fidoyi xodimlariga çuqur minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Sizlarning ezgu mehnatingiz, bemorlarga körsatayotgan mehr va e’tiboringiz hamda inson salomatligi yölidagi fidoyiligingiz doimo qadrlansin!
Bayramingiz muborak bölsin!Hurmat bilan,Şuxrat BoymuradovToşkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professorTelegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment