Hurmatli rahbar xodimlar, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar va talabgorlar!
Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) qabul doirasida 19.00.04 – mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihoni o‘tkazilish sanasi va vaqtiga o‘zgartirish kiritilganligini ma’lum qilamiz.
❗️Ushbu mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihoni 2026-yil 10-noyabr kuni soat 10:00 ga ko‘chirildi.
Imtihon belgilangan vaqtda, offlayn shaklda, videokuzatuv ostida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bosh o‘quv binosining 7-qavatidagi 746-xonada (ma’ruzalar zalida) o‘tkaziladi.
Barcha talabgorlardan mazkur o‘zgarishni inobatga olishlarini hamda imtihonga o‘z vaqtida, shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.
Qo‘shimcha savollar yuzasidan Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmat bilan,
Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
Z.A. Muminova