



Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5-sonli talabalar turar joyida onalarga bag‘ishlangan «Ona mehri dunyoni qutqaradi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Mahkamova ochib berib, o‘zining samimiy va ta’sirchan so‘zlari bilan onalar mehrining inson hayotidagi beqiyos o‘rni, ona qalbining cheksiz saxovati va fidoyiligi haqida alohida to‘xtaldi.
O‘z nutqida ona — inson uchun eng aziz zot, mehr-muhabbat, oqibat va ezgulik timsoli ekanini ta’kidlab, har bir inson onasini qadrlashi, uning duosini olishi va e’zozini joyiga qo‘yishi lozimligini qayd etdi. Shuningdek, onalarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni nafaqat so‘zda, balki kundalik hayotimizdagi ezgu amallarimiz bilan namoyon etish muhimligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida ona mehrini madh etuvchi she’rlar, dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli viktorinalar hamda jozibali raqslar namoyish etildi.
Ona — hayotimizning mazmuni, qalbimizning quyoshi, eng beg‘araz mehr va cheksiz muhabbat manbaidir. Onalarimiz bor ekan, xonadonlarimizda fayz, qalblarimizda mehr, hayotimizda baraka bo‘ladi. Ularni doimo qadrlaylik, ardoqlaylik va duolarini olaylik!
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:TelegramWeb-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu/