“TALABA BÖLIŞ – ŞARAF VA YUKSAK MAS’ULIYAT” MAVZUSIDA MA’RIFAT DARSI ÖTKAZILDI!

Bugun Toşkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi 10-haftalik “Ma’rifat darsi” maşğuloti bölib ötdi.

Maşğulot avvalida Tibbiy-pedagogika va davolaş fakulteti YoBIB dekan örinbosari dotsent  A.Xudayberdiyev tomonidan Özbekiston Respublikasida yuz berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va muhim yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ötgan hafta davomida amalga oşirilgan taşriflar, uçraşuvlar va ularning mazmun-mohiyatiga oid videokontentlar namoyiş etildi.
Şundan söng, taklif etilgan ma’ruzaçi Bobur Bobomurod tomonidan “Talaba böliş – şaraf va yuksak mas’uliyat” mavzusida mazmunli ma’ruza qilindi.
Ma’ruzada talaba-yoşlar ongida mustaqil Özbekistonning bugungi taraqqiyotida yoş avlodning örni va mas’uliyatini çuqur anglatiş, talabalik davrining inson hayotidagi beqiyos ahamiyatini tuşuntiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, yoşlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, bilim olişga intiliş, mustaqil fikrlaş, yuksak ma’naviyat va fuqarolik mas’uliyatini şakllantiriş, zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarni egallaş, akademik halollik tamoyillariga rioya qiliş, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanişning ahamiyati atrofliça yoritildi.
Ma’ruza davomida talabalik davridan unumli foydalaniş, öz ustida muntazam işlaş, taşabbuskor böliş va jamiyat hayotida faol iştirok etiş har bir yoşning kelajakdagi muvaffaqiyatida muhim omil ekanligi ta’kidlandi.

​Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment