








Toşkent davlat tibbiyot universitetining 5-sonli talabalar turar joyida onalarga bağişlangan «Ona mehri dunyoni qutqaradi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirni universitet Xotin-qizlar kengaşi raisi I.K. Mahkamova ochib berib, özining samimiy va ta’sirçan sözlari bilan onalar mehrining inson hayotidagi beqiyos örni, ona qalbining çeksiz saxovati va fidoyiligi haqida alohida töxtaldi.
Öz nutqida ona — inson uchun eng aziz zot, mehr-muhabbat, oqibat va ezgulik timsoli ekanini ta’kidlab, har bir inson onasini qadrlaşi, uning duosini olişi va e’zozini joyiga qöyishi lozimligini qayd etdi. Şuningdek, onalarga bölgan hurmat va ehtiromni nafaqat sözda, balki kundalik hayotimizdagi ezgu amallarimiz bilan namoyon etiş muhimligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida ona mehrini madh etuvchi şe’rlar, dilga yaqin kuy-qöşiqlar, qiziqarli viktorinalar hamda jozibali raqslar namoyiş etildi.
Tadbir iştirokçilarda onaga bölgan mehr, hurmat va ehtirom tuyğularini yanada mustahkamlab, kötarinki ruhda ötdi.
Ona — hayotimizning mazmuni, qalbimizning quyoşi, eng beg‘araz mehr va çeksiz muhabbat manbaidir. Onalarimiz bor ekan, xonadonlarimizda fayz, qalblarimizda mehr, hayotimizda baraka böladi. Ularni doimo qadrlaylik, ardoqlaylik va duolarini olaylik!
Rasmiy sahifalarimiz!