O‘zbekiston ziyolilari umumiy maqsad yo‘lida birlashmoqda

Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor 10-14 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “O‘zbekiston ziyolilari kengashi”ning hududiy yig‘ilishlari o‘tkaziladi.
Bu yig‘ilishlar “Yangi O‘zbekiston ziyolilari – milliy yuksalish tayanchi” shiori ostida ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boshqa sohalar vakillarini birlashtiradi.

Maqsad – ziyolilarning bilim va tajribasini yurt taraqqiyotiga yo‘naltirish, joylardagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilib, amaliy takliflar ishlab chiqish.

Hududlarda bildirilgan tashabbuslar umumlashtirilib, Kengashning respublika yig‘ilishida taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment