Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan «Talabalar turar joylariga kafedra mudirlarining taşrif jadvali»ga muvofiq, Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi

jamoasi tomonidan 12-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvçi 1-bosqiç talabalari bilan «Sabrlilik, matonat va qat’iyat» mavzusida ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.

Uçraşuvda Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida bilimli, yuksak ma’naviyatli, irodali va öz kasbiga sadoqatli yoş avlodni tarbiyalaşning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Xususan, mamlakatimiz tibbiyot tizimining rivojlanişi, aholi salomatligini muhofaza qiliş va sifatli tibbiy xizmat körsatişda bölajak şifokorlarning kasbiy bilimi bilan bir qatorda sabr-toqati, matonati, qat’iyati va insonparvarligi muhim örin tutişi qayd etildi.

Şuningdek, talabalarga şifokorlik kasbi katta mas’uliyat, ruhiy barqarorlik, qiyin vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş, bemorlarga mehr va e’tibor bilan munosabatda bölişni talab etişi hayotiy misollar asosida tuşuntirildi.
Ta’kidlanganidek, Yangi Özbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan, zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarga ega tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaşda bunday ma’rifiy uçraşuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment