





Bugun universitet kutubxonasi nafaqat kitoblar saqlanadigan maskan, balki talabalar, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilarni jahon ilmiy resurslari bilan boğlovçi zamonaviy axborot markaziga aylanmoqda.
12-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari “Özbekiston universitet kutubxonalarini raqamli transformatsiya qiliş va milliy ilmiy-axborot tarmoğini yaratiş strategiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etdilar.
Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantiriş va global hamkorlik markazi hamda FutureNuri hamkorligida, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi kömagida Taşkent şahrida taşkil etildi.
Konferensiyada elektron kutubxona tizimlarini integratsiyalaş, ilmiy axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, tadqiqotçilarni axborot bilan ta’minlaş va xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Koreya Respublikasining Yonsei va Seul Milliy universitetlari kutubxonalari tajribasi alohida e’tibor markazida böldi.
Mazkur ilmiy muloqot universitet Axborot-resurs markazida zamonaviy xizmatlarni rivojlantiriş, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni raqamli resurslar bilan qöllab-quvvatlaş uchun yangi imkoniyatlarni örganishga xizmat qildi.
Zero, raqamli kutubxona — bilimga keng yöl, ilmiy taraqqiyotga mustahkam poydevordir.
#ToshDavTU #RaqamliKutubxona
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin