






Ayni damda Toşkent davlat tibbiyot universitetida bolalar salomatligini muhofaza qilish, pediatriya xizmatini rivojlantirish hamda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga keng joriy etişga bag‘ışlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda universitet rahbariyati, xorijiy va mahalliy ekspert-mutaxassislar, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda tibbiyot sohasi vakillari iştirok etmoqda.
Bugungi anjumanda pediatriya xizmatini rivojlantiriş, bolalar kasalliklarini taşxislaş va davolaş, klinik innovatsiyalar hamda tibbiy ta’limda sun’iy intellekt imkoniyatlari kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Şuningdek, bolalar kasalliklarini erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini takomillaştiriş, ilg‘or klinik tajribalarni amaliyotga tatbiq etiş hamda tibbiyot ta’limida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Anjuman doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, ilg‘or tajribalari va amaliy natijalari bilan o‘rtoqlashib, pediatriya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan fikr almaşmoqda.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tibbiyot fanini rivojlantirish, zamonaviy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok