Respublika imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan maxsus texnikumida mahorat darsi va davra suhbati taşkil etildi

Toşkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Respublika imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan maxsus texnikumiga Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy reabilitologiya, nevrologiya va sport tibbiyoti kafedrasi professor-öqituvçilari hamda magistratura talabalari tomonidan taşrif taşkil etildi.

Taşrif doirasida texnikum öquvçilari va pedagoglari uçun “Jismoniy reabilitatsiya samaradorligi” mavzusida mahorat darsi hamda “Kundalik hayotda davolovçi jismoniy tarbiya maşqlarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Mahorat darsi davomida jismoniy reabilitatsiyaning inson salomatligini tiklaş, harakat faolligini yaxşilaş, mavjud funksional imkoniyatlarni rivojlantiriş va hayot sifatini oşirişdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Şuningdek, reabilitatsiya jarayonida individual yondaşuv, muntazam jismoniy maşğulotlar hamda mutaxassis tavsiyalariga amal qilişning muhim jihatlari tuşuntirildi.
Davra suhbati davomida kundalik hayotda davolovçi jismoniy tarbiya maşqlaridan töğri va samarali foydalaniş, ularning soğliqni mustahkamlaş, harakat koordinatsiyasini yaxşilaş, muşaklar faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda mustaqil hayot keçiriş könikmalarini rivojlantirişdagi örni muhokama qilindi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Mazkur taşrifdan közlangan asosiy maqsad imkoniyati çeklangan şaxslarning salomatligini mustahkamlaş, ularning jismoniy faolligini oşiriş, reabilitatsiya imkoniyatlari töğrisidagi bilimlarini kengaytiriş hamda soğlom turmuş tarzini şakllantirişga kömaklaşişdan iboratdir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment