Ayni damda Özbekiston milliy akademik drama teatrida Toşkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Unda şifokorlar, professor-o‘qituvchilar, tibbiyot sohasi faxriylari, universitet tasarrufidagi klinikalar va akademik litseylar xodimlari hamda sog‘liqni saqlaş tizimi rivojiga munosib hissa qo‘şib kelayotgan fidoyi mutaxassislar iştirok etmoqda.
Tadbir davomida tibbiyot xodimlarining şarafli va mas’uliyatli mehnatini e’tirof etiş, ularning aholi salomatligini ta’minlaş, inson hayotini asraş hamda tibbiyot ilmini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlarini ulug‘laşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlaş vaziri o’rinbosari Olim Omonov hamda Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori Şuxrat Boymurodov o’z tabriklarini yo’lladi.
Bayram tadbirining muhim qismi tibbiyot va ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislarni taqdirlaş marosimidir. Jumladan, universitet professor-öqituvchilari, klinikalari va akademik litseylari xodimlaridan 14 nafar mutaxassisni “Sog‘liqni saqlaş a’loçisi” ko‘krak nişoni bilan taqdirlaş ko‘zda tutilgan. Şuningdek, klinikalarda faoliyat yuritayotgan şifokorlar, hamşiralar va boshqa xodimlar hamda ta’lim muassasalari vakillarining mehnati universitet rektorining faxriy yorliqlari bilan e’tirof etilmoqda.
Bayram munosabati bilan universitetning alohida o‘rnak ko‘rsatgan 150 nafar professor-o‘qituvchisi va xodimini pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Bu tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va universitet rivojiga qo‘şayotgan hissasiga bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Tantanali taqdirlaş marosimidan so‘ng bayram dasturi teatr tomoşasi bilan davom etmoqda.
Mazkur tadbir tibbiyot xodimlarining jamiyat hayotidagi muhim o‘rnini ulug‘laş, ularning sharafli kasbiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, şuningdek, tibbiyot ta’limi, ilm-fan va amaliy sog‘liqni saqlaş sohasida erişilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etişga xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment