

“Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida streetball sport turi böyiça yigitlar örtasida murosasiz va şiddatli bellaşuvlar bölib ötdi.
Mazkur musobaqada Toşkent davlat tibbiyot universiteti yigitlar terma jamoasi yuksak mahorat, kuçli iroda va jamoaviy hamjihatlik namoyiş etib, barça raqiblarini mağlubiyatga uçratdi.
Yarim final bahsida Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti jamoasi ustidan ishonçli ğalabaga erişgan universitetimiz sportçilari final bosqiçida musobaqaga mezbonlik qilgan Vestminster universiteti jamoasi bilan kuç sinaşdi.
Hal qiluvçi final uçraşuvida ham munosib öyin namoyiş etgan Toşkent davlat tibbiyot universiteti yigitlar terma jamoasi raqibini mağlub etib, faxrli 1-örinn i qölga kiritdi!
Uşbu yorqin ğalaba orqali jamoamiz Respublika bosqiçiga yöllanmani ham qölga kiritdi!
Ğalaba yölida bor kuç va mahoratini namoyiş etgan sportçi talabalarimizga, murabbiylarimizga hamda jamoa rahbarlariga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Rasmiy sahifalarimiz!