





“Beş tașabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida streetball sport turi böyiça qizlar örtasida qizğin va murosasiz bellaşuvlar bölib ötdi.
Mazkur musobaqada Toşkent davlat tibbiyot universiteti qizlar terma jamoasi yuksak sport mahorati, tezkorligi, kuçli irodasi va jamoaviy hamjihatligini namoyiş etib, barça raqiblariga munosib qarşlik körsatdi.
Yarim final bahsida universitetimiz qizlari Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti terma jamoasi bilan kuç sinaşib, ishonçli ğalabaga erişdilar va final bosqiçiga yöl oldilar.
Hal qiluvçi final uçraşuvida esa Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti qizlar terma jamoasiga qarşi maydonga tuşgan sportchi qizlarimiz bor mahorat va matonatlarini namoyiş etib, raqib jamoani mağlubiyatga uçratdilar!
Natijada Toşkent davlat tibbiyot universiteti qizlar terma jamoasi faxrli 1-örinni qölga kiritib, Respublika bosqiçi yöllanmasi sohibiga aylandi!
Uşbu yorqin ğalaba bilan sportchi qizlarimizni, murabbiylarimizni hamda jamoa rahbarlarini samimiy muborakbod etamiz!
Rasmiy sahifalarimiz!