«ZAKOVAT – GIYOHVANDLIKKA QARŞIMIZ!» – bilim, tafakkur va soğlom kelajak sari!

Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni ilm-ma’rifatga, intellektual izlanişlarga va mustaqil fikrlaşga yönaltiriş soğlom avlodni tarbiyalaşning muhim omillaridan biridir. Ayniqsa, bugungi kunda yoşlar orasida turli zararli illatlarning oldini oliş, giyohvandlikning inson hayoti va jamiyat kelajagiga yetkazadigan ayançli oqibatlari haqida keng tuşunça beriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maqsadda Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakultetida «ZAKOVAT – GIYOHVANDLIKKA QARŞIMIZ!» şiori ostida 1-3-bosqich talabalari örtasida zakovat intellektual bellaşuvi taşkil etildi.

Mazkur bellaşuvda talabalar öz bilimlari, mantiqiy fikrlaş qobiliyati, tezkor tafakkuri va jamoaviy hamkorlik könikmalarini namoyon etdilar. Savollar orqali ularning nafaqat bilim darajasi, balki hayotiy vaziyatlarga munosabati, mustaqil xulosa çiqariş qobiliyati ham sinovdan ötkazildi.

Tadbirda fakultet Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent A.K. Xudayberdiyev, mas’ul taşkilotçisi, tyutor B.R. Zulfiqorov hamda fakultet tyutorlari F.M. Şamudinova, N.N. Saʼdullayeva, N.B. Yöldaşev, R.B. Aliqulov, «Beş taşabbus» loyihalari koordinatori J.R. Abdiqodirov, MedDominus klubi rahbar oʻrinbosari D.B. Bahodirova faol iştirok etdilar va giyohvandlik insonni bir zumda emas asta sekin öziga qamrab olişini taʼkidladilar. Musobaqani tashkil etiş jarayonlarida M.Tuyçieva, S.Qurbonova iştirok etdilar.

«ZAKOVAT – GIYOHVANDLIKKA QARŞIMIZ!» taşabbusining asosiy ğoyasi yoşlar qalbida ilmga intiliş, soğlom hayotga sadoqat va zararli illatlarga nisbatan qat’iy murosasizlik tuyğularini mustahkamlaşdan iboratdir. Zero, bilim insonni yuksaltiradi, maqsad uni olğa boşlaydi, töğri tanlov esa kelajagini belgilaydi.
Giyohvandlik kabi illatlarga qarşi eng kuçli qurol – bu ma’rifat, ongli qaror va soğlom turmuş tarzidir!ZAKOVAT – bilim bilan yuksaliş, tafakkur bilan ğalaba qozoniş va soğlom kelajakni tanlaş demakdir!

​Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment