Meddominus klubi: “mutolaa maskani”da navbatdagi kitobxonlik maşğuloti bölib ötdi!

Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti MedDominus klubi tarkibidagi “Mutolaa maskani” kitobxonlik tögaragi tomonidan navbatdagi kitobxonlik maşğuloti 17-noyabr kuni mazmunli va kötarinki ruhda taşkil etildi.

Maşğulotni Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti tyutori F.M. Şamudinova oçib berdi. Şundan söng, «Beş taşabbus» loyihalari koordinatori J.R. Abdiqodirov, MedDominus klubi rahbari D.B. Bahodirova hamda fakultet yetakçi koordinatori va “Mutolaa maskani” kitobxonlik tögaragi koordinatori S.N. Talatova sözga çiqib, kitob mutolaasining yoşlar hayotidagi örni, uning bilim va tafakkurni boyitiş, mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş hamda ma’naviy dunyoqaraşni kengaytirişdagi ahamiyati haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Maşğulotda özbek va jahon adabiyotining sara asarlari, ularning mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakteri hamda ilgari surilgan ğoyalar atrofliça tahlil qilindi. Jumladan, quyidagi asarlar yuzasidan tayyorlangan taqdimotlar tinglandi:
309-DI guruh talabasi Toşboyeva Nasiba – Antuan de Sent-Ekzyuperining «Kiçkina şahzoda» asari;
330-DI guruh talabasi Qurbonova Sevara – «Men Malalaman» asari;
302-DI guruh talabasi Alimova Farangiz – «Stiv Jobs» asari.
Maşğulotning eng qiziqarli qismlaridan biri uçta asar yuzasidan taşkil etilgan bilimlar sinovi böldi. Unda talabalar öz bilimlari, xotirasi, tezkorligi va topqirligini namoyon etdilar.“Mutolaa maskani” – kitoblar orqali tafakkurga, tafakkur orqali yuksalişga yöl!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment