



Bugun, 2026-yil 19-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universiteti 3-davolaş fakulteti Jamoat salomatligi, soğliqni saqlaş menejmenti va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, t.f.d. U.Yu. Musayev hamda kafedra xodimlari iştirokida talabalar bilan“Korrupsiyasiz taʼlim – işonçli kelajak sari qadam” mavzusida profilaktik suhbat ötkazildi.
Suhbat davomida halollik — eng katta boylik, bilim — eng işonçli qurol, vijdon esa insonning eng oliy mezoni ekanligi alohida taʼkidlab ötildi. Şu örinda Toşkent davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 27-avgustdagi 2-sonli ilmiy kengaşida tasdiqlangan «Odob-axloq kodeksi»ning 10-bob 36-moddasida körsatilgan karrupsiyaning xar qanday şakli va körinişini qabul qilmaslik körsatib ötilganligi talabalarga tuşintirib ötildi.
Şuningdek, talabalarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarşi kuraşişda har bir fuqaroning masʼuliyati va halollik tamoyillariga amal qilişning ahamiyati haqida tuşunçalar berildi. Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Rasmiy sahifalarimiz: