






2026-yil 16-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash” mavzusida ilmiy-amaliy ma’ruza yig‘ilishi tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, o‘qitish samaradorligini oshirish, pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Ma’ruza davomida interfaol ta’lim metodlari, jumladan, muammoli ta’lim, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, munozara, keys-stadi, loyihaviy ta’lim va boshqa zamonaviy o‘qitish usullarining imkoniyatlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, raqamli ta’lim resurslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari va elektron ta’lim platformalaridan foydalanishning o‘quv jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritildi.
Ayniqsa, tibbiy ta’lim sohasida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, klinik vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashinuvi bo‘lib, ta’lim jarayonida uchrayotgan dolzarb masalalar, o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlarini amaliyotga tatbiq etish, pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yangicha pedagogik fikrlash tarzini shakllantirishi hamda ta’lim oluvchilarning faolligini ta’minlaydigan samarali usullardan foydalanishi muhim omil ekanligi qayd etildi.
Mazkur ma’ruza yig‘ilishi pedagog xodimlarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va tasavvurlarini boyitish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Bunday ilmiy-amaliy tadbirlarni muntazam tashkil etish tibbiy ta’lim sifatini takomillashtirish, malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!