11-sonli talabalar turar joyida yashash sharoitlari o‘rganildi.

11-sonli talabalar turar joyida yashash sharoitlari o‘rganildi.
 

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakulteti dekani Ashurova Dilfuza Toshpo‘latovna tomonidan 11-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari, xonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Talabalarning fikr-mulohazalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda fakultet rahbariyati va talabalar o‘rtasidagi doimiy muloqotni mustahkamlashdan iborat.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment