O’quv dasturlari

Toshkent davlat tibbiyot universitetida akademik faoliyat

Toshkent davlat tibbiyot universitetida akademik faoliyat ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliyotning uzviy integratsiyasi asosida olib boriladi. Universitetda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi orasida fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari va yosh olimlar faoliyat yuritadi. O‘quv jarayonida zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ta’lim usullari hamda klinik bazalar bilan hamkorlik asosida amaliy mashg‘ulotlar qo‘llaniladi.

Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar uchun ilmiy konferensiyalar, grant dasturlari va akademik almashinuv imkoniyatlari yaratilgan.

Biz kimni tayyorlaymiz?

  • Oilaviy shifokorlar, umumiy stomatolog shifokori;
  • Tor doiradagi mutaxassislar (xirurg, terapevt, akusher, nevrolog va h.);
  • Tibbiyot muassasalari pedagoglari (kollej-texnikum, OTM);
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi vrach gigiyenist-epidemiolog;
  • Farmasevt, biotibbiyot muhandislari;
  • Harbiy soha tibbiyot mutaxassislari;
  • Oliy ma’lumotli hamshiralar,
  • Xalq tabobati mutaxassislari;
  • Kimyogar, ekologiya va surdotarjimonlar. (Notibbiy talim yo‘nalishi bitiruvchilari)

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 149 taʼlim yo‘nalishidan 25 ta taʼlim dasturlari xalqaro akkresitatsiyadan o‘tgan va tan olingan bo‘lib xalqaro standartlarga javob beradi

EdTech – ta’limda texnologiyalar va innovatsiya