Toshkent davlat tibbiyot universitetida o’quv jarayoni faoliyati
Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari soni 15 ta, magistratura mutaxassisliklari soni 54 ta, klinik ordinatura mutaxassisliklari soni 52 ta.
Hozirda universitetda 28 722 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ulardan, bakalavr talabalari 26 302 nafar, magistr talabalari 1 141 nafar, klinik ordinatorlar 1 279 nafar. Shuningdek, doktorantura ixtisosligi bo‘yicha – 1 142 nafar.
Kadrlar salohiyati:
Universitetda 112 ta kafedrada 2 231 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida akademik faoliyat ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliyotning uzviy integratsiyasi asosida olib boriladi. Universitetda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi orasida fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari va yosh olimlar faoliyat yuritadi. O‘quv jarayonida zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ta’lim usullari hamda klinik bazalar bilan hamkorlik asosida amaliy mashg‘ulotlar qo‘llaniladi.
Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar uchun ilmiy konferensiyalar, grant dasturlari va akademik almashinuv imkoniyatlari yaratilgan.
Biz kimni tayyorlaymiz?
- Oilaviy shifokorlar, umumiy stomatolog shifokori;
- Tor doiradagi mutaxassislar (xirurg, terapevt, akusher, nevrolog va h.);
- Tibbiyot muassasalari pedagoglari (kollej-texnikum, OTM);
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi vrach gigiyenist-epidemiolog;
- Farmasevt, biotibbiyot muhandislari;
- Harbiy soha tibbiyot mutaxassislari;
- Oliy ma’lumotli hamshiralar,
- Xalq tabobati mutaxassislari;
- Kimyogar, ekologiya va surdotarjimonlar. (Notibbiy talim yo‘nalishi bitiruvchilari)
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 149 taʼlim yo‘nalishidan 25 ta taʼlim dasturlari xalqaro akkresitatsiyadan o‘tgan va tan olingan bo‘lib xalqaro standartlarga javob beradi

EdTech – ta’limda texnologiyalar va innovatsiya

Modullar katalogi 25-26 (Xalqaro).pdf