Ilmiy salohiyati:
Faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning 366 nafari fan doktorlari, 860 nafari fan nomzodlari (PhD).
Asosiy maqsad:
- Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish;
- Ilmiy maqolalarni xalqaro platformalarda chop etish;
- Yosh olimlar va professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovkalarga jalb qilish;
- Ilmiy innovatsiya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash;
- Xalqaro ilmiy standartlar va akkreditatsiya talablariga mos faoliyat yuritish.
Ilmiy yo‘nalish yo‘l xaritasi:
🧪 1. Ilmiy salohiyatni oshirish
Ilmiy salohiyatni 2026 yil 70% yetkazish.
🌍 2. Xalqaro tajriba almashinuvi
120 nafar professor va tadqiqotchini xorijda stajirovkaga yuborish;
50 nafar talabani xalqaro mobillik dasturlari orqali xorijga yuborish.
🧾 3. Xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik
WFME, QS, THE kabi xalqaro standartlarga moslashish;
Ishchi guruhlar tuzish va chet el mutaxassislarini jalb qilish.
💡 4. Iqtidorli yoshlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
200 nafar talabaga startap va innovatsion loyihalarda ishtirok etish uchun 1 mlrd so‘m ajratish.
🏆 5. Davlat va maxsus stipendiyalar uchun tayyorgarlik
Prezident va davlat stipendiyalariga nomzodlar tayyorlash va raqobatbardoshligini oshirish.
📊 6. SCOPUS/Web of Science bazasidagi maqolalar sonini oshirish
Yiliga kamida 300 ta maqola chop etish, h-indeksga ega olimlar sonini 2 barobarga ko‘paytirish.
🧠 7. Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish
5 ta yangi loyiha (3 ta amaliyotchi, 2 ta innovatsion) amalga oshiriladi;
Erasmus, KOFIH, Adamed kabi xalqaro loyihalarga jalb etilish.
🤝 8. Fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi
Xo‘jalik shartnomalari sonini 112 tadan 150 taga yetkazish;
Tushumlarni 2 mlrd so‘mgacha oshirish.
💻 9. Ilmiy jarayonlarni raqamlashtirish
Doktorant va mustaqil tadqiqotchilar hujjatlarini to‘liq elektron shaklda qabul qilish.
👩🔬 10. Maqsadli doktorantura va ixtisoslashuv
Muammoli yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash;
Attestatsiya va monitoringni tizimlashtirish.