Xalqaro hamkorlik

Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro hamkorlik faoliyati

Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro hamkorlik faoliyati ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan. Universitet Yevropa, Osiyo va boshqa mintaqalardagi yetakchi tibbiyot oliygohlari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning almashinuvi, ilmiy tadqiqot loyihalari hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi. Shuningdek, universitet xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari va amaliy seminarlarni o‘tkazib keladi.

Bu faoliyat O‘zbekiston tibbiyot ta’limini xalqaro standartlarga moslashtirish va global tibbiyot hamjamiyatida universitetning nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.

Koreya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Litva, Belarus, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlarining 167 ta xorijiy universitetlar va tibbiyot markazalari bilan ilmiy hamkorlik olib borilmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining bosh o‘quv binosida Simulyatsion o‘quv markazi, Biotibbiyot texnologiyalari markazi, Raqamli tibbiyot markazi, kafedralar, zamonaviy axborot-resurs markazi, texnopark va muzey tashkil etilgan

Xalqaro ekspertlar guruhi

Universitetning xalqaro reytinglardagi o’rni