🏛 Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallari hamkorligida sportga mehr qo‘ygan barcha xodimlarni birlashtirish maqsadida futbol bo‘yicha rahbarlar, mutaxassislar va texnik xodimlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi!
⚽️ Musobaqa do‘stona ruhda va adolatli mezonlar asosida o‘tdi.






Xizmat vazifalaridan tashqarida, sport orqali bir-birimizni yaqindan tanish, ko‘ngilochar dam olish hamda jamoa bo‘lib vaqt o‘tkazish uchun ushbu musobaqa o‘ziga xos platforma vazifasini o‘tadi.
📌 Mazkur tashabbus xodimlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga qiziqishni oshirish va jamoa ichida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Jamoaning kuchi – uning birligida!