TDTU sport majmuasi bugun yana bir bor haqiqiy shov-shuv va katta hayajon markaziga aylandi. Talabalar ligasi doirasida o‘tkazilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi futbol musobaqalari kuch, mahorat va jamoaviy uyg‘unlikning yorqin namoyishi bo‘ldi. Universitet fakultetlaridan 1000 nafardan ortiq talabalardan tashkil topgan 34 ta jamoa musobaqada faol ishtirok etmoqda. Maydondagi har bir keskin hujum, aniq pas va darvozaga yo‘llangan kuchli zarbalar jamoalarni g‘alaba sari qat’iyat bilan yetakladi hamda haqiqiy futbol ruhini namoyon etdi. O‘yinlar davomida raqobat, intilish va sport ruhi yuqori darajada kechdi. Tomoshabinlarning qizg‘in qo‘llab-quvvatlovi esa futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Talabalar ligasining eng tomoshabop va hayajonli musobaqalaridan biri bo’lib sportga qiziqish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etmoqda.
Fotolavhalar



