Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida Jadid bobolarimiz hayoti, faoliyati va ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan “Ma’rifat darsi” tashkil etildi

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdikul Akramovich ochib berdi. O‘z nutqida u jadidlarning milliy uyg‘onish, ilm-ma’rifatni yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanini ta’kidladi. Ma’ruza Tibbiy profilaktika va jamoat fakulteti dekani o‘rinbosari Alisher Axmadovich tomonidan o‘qildi. U jadidlarning ta’lim-tarbiya, matbuot, teatr va adabiyot orqali jamiyatni isloh qilish borasida amalga oshirgan ishlari, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda jadidlar singari fidoyi, tashabbuskor va ma’rifatli yoshlar hal qiluvchi kuch ekanini atroflicha yoritib berdi. Tadbir davomida talabalar jadidlar merosi, ularning orzu-maqsadlari hamda bugungi islohotlar bilan mushtarak jihatlar haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. “Kelajak soati” yoshlarda milliy tarixga hurmat, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.

Kelajak soati

Fotolavhalar

Jadid bobolarimiz

Leave a comment