O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni talablarini ijro etish doirasida universitet talabalari Toshkent viloyati IIV JIED birinchi mintaqaviy hudud 24-son tarbiya koloniyasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbir davomida koloniya boshlig‘i Sh.A. Hidayatova, Davolash-profilaktika bo‘limi boshlig‘i kapitan Q. Fozilov, Tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i kapitan X. Xamrayev tomonidan jazoni ijro etish muassasasining kundalik ish tartibi, mahkumlarning tibbiy-sanitariya ta’minoti, tarbiyaviy jarayonlari, shuningdek ularning psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi borasida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, talaba yigit-qizlarga mahkumlar uchun yaratilgan ta’lim olish imkoniyatlari, kasbga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari, ularni jamiyatdan uzilib qolmasligi uchun davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli ko‘maklar yoritib berildi. Uchrashuvda Olmazor tumani 5-son IIO FMB inspektorlari, Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi hamda Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi xodimlari va guruh tyutorlari ishtirok etishdi. Xulosa o‘rnida, mahkumlar tomonidan qilingan xatolar oqibatlari, ular bildirgan chuqur afsus, erkinlikning asl qadri qanchalik buyuk ekani borasidagi fikrlar talabalarga kuchli ta’sir qildi. Bu tashrif yoshlarni og‘riqli ijtimoiy illatlardan ogoh etish, ularda mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda sog‘lom va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashga undadi.
Fotolavhalar







