Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan ijtimoiy tashabbus amalga oshirildi

2025-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 1-bosqich 105 “a” va “b” guruh talabalari fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.D. Alimova boshchiligida Chilonzor tumanida joylashgan 66-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi. Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tashrif davomida talabalar maktab tarbiyalanuvchilariga bayramona kayfiyat ulashib, esdalik sovg‘alari topshirdilar. Samimiy va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv bolalarda quvonchli lahzalarni uyg‘otib, talabalarda esa mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularining yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi. Mazkur tashrif yoshlarni ijtimoiy faol, jamiyatga befarq bo‘lmagan, yuksak ma’naviyatli mutaxassislar sifatida tarbiyalashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Fotolavhalar

Leave a comment