26-dekabr kuni hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlis hamda xalqimizga Murojaatnomasini tinglab davlatimiz rahbarining jamiyatimizdagi barcha sohalarni rivojlantirish yo’lidagi islohotlari inson qadri va uning hayotdan rozi bo‘lishi uchun olib borilayotganiga yana bir bora amin bo‘dim. Murojaatnomada barcha sohalar xususan, beshinchi ustuvor yo‘nalishda keltirilgan Ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgani bejizga emas albatta.
Yirik korxonalarga filtr, tozalash inshooti va havoga chiqariladigan zararli moddalarni monitoring qilish stansiyasi oʻrnatish uchun birinchi bosqichda 100 million dollarlik kredit liniyasi ochilishini e’lon qldilar.
Kelgusi yili Samarqandda Global ekologik jamgʻarmaning navbatdagi assambleyasi va Markaziy Osiyo xalqaro ekokoʻrgazmasi oʻtkazilishi rejalashtirilganligi hamda ushbu tadbirlar tarmoqlar, hududlar va biznes uchun hamkorlar topish, yangi ekoloyihalarni birgalikda boshlashga katta imkoniyat yaratishligini ta’kidlab o‘tdilar.
Ekologik avtomobillarni koʻpaytirish boʻyicha besh yillik dasturni amalga oshirilishi hamda bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratilayotganligi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi deb o‘ylayman.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar berilishi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratilishi ham albatta tadbirkorlarimizni quvontirdi deb o‘ylayman.
Eng asosiysi, bu ishlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻysak, poytaxtimiz, viloyat markazlari va yirik shaharlar faqat ekotransportlar harakatlanadigan hududga aylanishi bu avvalambor xalqimiz uchun yanada munosib hayot darajasini ta’minlashda munosib o‘rin tutadi.
Prezidentimizning “Ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan g’oya va takliflari mamlakatimizni yashil iqtisodiyot hamda aholi turmush tarzining tubdan o‘zgarishiga olib keladi va pirovard natijada yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan katta kuchga aylanadi.
Tibbiy profilaktika va jamoat
salomatligi fakulteti dekan o‘rinbosari: Alisher Razzoqov