Toshkent davlat tibbiyot universitetida xotin-qizlar va yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim jarayonida, xususan, imtihon jarayonlarida qulay sharoitlarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida ona va bola xonasi tashkil etildi. Mazkur xona farzandli talabalarga imtihon topshirish jarayonida qulaylik yaratish, farzandlarini go’dak suti bilan ovqatlantirish uchun zarur sharoitlar bilan jihozlandi. Universitet rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.
Ona va bola uchun yaratilgan har bir qulaylik — sog‘lom jamiyat va barqaror kelajak sari tashlangan muhim qadamdir.