14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbirda universitetda faoliyat olib borayotgan zaxiradagi harbiy xizmatchilar Vatanga sadoqatli xizmatlari, fidoyiligi hamda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi munosib hissalari uchun e’tirof etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularning kasbiy faoliyati va harbiy xizmatdagi tajribasi yoshlarga vatanparvarlik ruhini singdirishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bir guruh zaxiradagi harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tomonidan Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi.

Leave a comment