#RASMIY_MUNOSABAT
➡️Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов ТТА” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi.
Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har qanday ma’lumot universitetning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.
Fuqarolar va hamkorlardan faqat universitetning rasmiy axborot kanallariga ishonishlari, shubhali akkauntlar orqali keladigan xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi. Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Quyida rasmiy kanal va akkauntlar keltirilmoqda
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining kanallari:
https://t.me/tashmeduni
https://instagram.com/tashmeduni
https://facebook.com/tashmeduni
https://x.com/TashMedUni
https://www.youtube.com/@TashMedUniOfficial
https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektoring rasmiy kanallari:
https://t.me/shuxrat_boymuradov
https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov
https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov
https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov